Foydali ma'lumotlar bazasi
Aviatashuv turlari

  • To‘liq xizmatli aviakompaniya – Bagaj, ovqat va boshqa xizmatlar kiritilgan.
  • Loukoster aviakompaniya – Arzon chiptalar, lekin har bir xizmat uchun haq qo‘shimcha to‘lanadi.
  • Charter reyslar – Doimiy reyslar mavjud bo'lmagan manzillarga uchadigan maxsus reyslar.
  • Ekonom klass – Odatiy qulaylikdagi o'rindiqlar va xizmatlar.
  • Biznes klass – Yuqori qulaylikdagi o'rindiqlar va xizmatlar.
  • Birinchi klass – Premium qulaylikdagi o'rindiqlar va xizmatlar.

Mehmonxona turlari

  • Kurort Otel – Dam olish hududlarida joylashgan, basseyn, spa va boshqa qulayliklarga ega.
  • Shahar Oteli – Ishbilarmonlik va qisqa muddatli tashriflar uchun shahar markazlarida.
  • Butik Otel – Kam sonli xonali, dizaynerlik uslubida, shaxsiy xizmat ko‘rsatish bilan.
  • All-Inclusive Kurort – Ovqatlar, ichimliklar va ko‘ngilochar dasturlar kiritilgan.
  • Villa / Kvartira – Oila va guruhlar uchun qulay, oshxona va xususiy makonga ega.
  • Hostel – Arzon, ko‘pincha umumiy xonalar yoki hammomlar mavjud.

Mehmonxona xonalarining turlari

  • Standart – Asosiy qulayliklarga ega oddiy xona.
  • Superior – Kattaroq yoki yaxshiroq jihozlangan.
  • Deluxe – Yuksak qulaylik, manzara yoki maxsus xizmatlar bilan.
  • Luxe – Alohida yotoqxona va mehmonxonaga ega.
  • Oila Xonasi – Ko‘p yotoqli va oilalar uchun mo‘ljallangan.
  • Studio – Oshxona va yotoq zonasi birlashtirilgan xona.

Mehmonxonalarning ovqatlanish konseptsiyasi

  • RO (Room Only) – Faqat xona, ovqat yo‘q.
  • BB (Bed & Breakfast) – Nonushta kiritilgan.
  • HB (Half Board) – Nonushta + kechki ovqat.
  • FB (Full Board) – 3 mahal ovqat.
  • AI (All Inclusive) – Hammasi kiritilgan (ovqat, ichimliklar, shirinliklar).
  • UAI (Ultra All Inclusive) – Premium ichimliklar va xizmatlar ham qo‘shilgan.

Mehmonxona xonalarining manzarasi turlari

  • Dengiz Manzarasi – To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yonlama dengiz ko‘rinishi.
  • Bog‘ Manzarasi – Yashil hududga qaragan.
  • Tog‘ Manzarasi – Tog‘lar tomon qaragan.
  • Shahar Manzarasi – Shaharning markaziy qismi.
  • Basseyn Manzarasi – Basseyn oldi ko‘rinishi.

Sohil turlari

  • Qumli – Quyoshda toblanish va suzish uchun eng yaxshi.
  • Toshli (shag‘alli) – Toza suv, suzish poyabzali kerak.
  • Laguna – Yassi, tinch suv, bolalar uchun xavfsiz.
  • Marjon – Sho‘ng‘ish va snorkeling uchun.
  • Xususiy Plaj – Faqat mehmonxona mijozlari uchun.

Sayohat o'zingiz bilan qanday hujjatlarni olish kerak?

  • Pasport (tugash sanasigacha kamida 6 oy amal qilishi kerak)
  • Viza (agar talab qilinsa)
  • Aviachiptalar
  • Mehmonxona vaucheri
  • Tibbiy sug‘urta (agar kerak bo‘lsa)
  • Bolalar: tug‘ilganlik guvohnomasi, ota-ona roziligi

Aeroportdan o'tish tartibi

  • 2.5-3 soat oldin yetib boring
  • Ro‘yxatdan o‘tish (check-in)
  • Xavfsizlik nazorati
  • Pasport nazorati
  • Terminalda kutish
  • Samolyotga chiqish

Aeroportda va havo kemasida qa'tiyan taqiqlangan

  • O‘tkir buyumlar (pichoq, qaychi, nayza) olib kelish va olib o'tish.
  • 100 ml dan katta suyuqliklarni havo kemasi sahniga olib chiqish.
  • Portlovchi yoki xavfli moddalar olib kelish va olib o'tish.
  • Dori vositalarini (ruxsatsiz) olib o'tish.
  • Be’mani xatti-harakatlar.
YO'NALISHLAR
ISH VAQTI
MANZIL
ALOQA UCHUN
  • Har kuni: 10:00 - 20:00
  • 106-44, Yuqori Sebzor, Olmazor tumani, Toshkent shahri
  • Tel: +998 (90) 820-68-56
  • Pochta: sunriseholidaysuz@gmail.com
XIZMATLAR
FOYDALI
© 2025 "One World Tourism" MCHJ / Xizmatlar litsenziyalangan
Made on
Tilda